Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muxim tashabbusning 1- va 4- yoʼnalishlarining ijrosini taʼminlash maqsadida bugun filologiya fakultetida faxriy ustoz, oʼzbek adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d. Safarboy Roʼzimboevning "Langar", "Mezon" va "Boʼhron" romanlari taqdimoti boʼlib oʼtdi. Uni fakultet dekani, dots.D.Q.Gʼayipov olib bordi. Unda Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʼlimi aʼzolari shoirlar, dramaturglar, nosirlar Shuhrat Matkarim, Qurbon Muhammadrizo, shuningdek, Xorazm viloyati XTBidan boshqarma oʼrinbosari B.Tillaev va boshqa oʼqituvchi ishtirok etishdi.