Bugun erta tongdan universitetimizda bayramona kayfiyat kezmoqda. "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostidagi tadbirlar vatanni madh etuvchi dilbar kuy va navolar ostida boshlab yuborildi. Ushbu tadbirlarda bir qarashda talabalarimizning faolligini, ishtiyoqini koʻrishingiz mumkin.
Festival doirasidan oʻrin olgan ilk tadbirlar – bu sport musobaqalaridir. Jumladan, ayni paytda o'g'il bolalar o'rtasida futbol, qizlar o'rtasida esa voleybol bo'yicha musobaqalar o'tkazilmoqda.
Musobaqalarni UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi ochib berdi, rektori maslahatchisi R.Sharipov hamda Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi mutaxassisi A.Qoʻchqarovlar tabrik soʻzi yoʻlladilar.
Musobaqalarda barcha fakultet jamoalari ishtirok etmoqda.




