Festival yuqori saviya, ko'tarinki ruhda bo'lib o'tmoqda. Universitetimizga xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan kelib dars berayotgan professor-o'qituvchilar ham jarayonlarda ishtirok etishdi. Ayniqsa, “Osh pishirish" tanlovi ularda katta taassurot uyg'otdi.
Ta'kidlash joizki, ushbu festival doirasidagi tadbirlarda turli tashkilotlardan ham mehmonlar ishtirok etmoqda. O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi, mahallalarning yoshlar yetakchilari shular jumlasidandir.
Ayni paytda universitetimizda mehmon bo'lib turgan Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat universiteti rektori Markelov Konstantin Alekseevich va shu universitetning Raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik fakulteti dekani Ajmuhamedov Iskandar Maratovichlar UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda barcha prorektorlar hamrohligida festival doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdilar.




