Urganch davlat universitetida “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida bepul IT va ingliz tili kurslari tashkil etildi.
Bugun festival doirasida ushbu kurslarning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar Prezidentimiz tashabbusi bilan kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirdilar. Urganch davlat universitetida ham bu loyiha aynan ushbu maqsadlarga qaratilganligini taʼkidladilar.

.jpg)

