Joriy yilning 26-oktabr kuni UrDU Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi M.Otamuratova tomonidan tashkil qilingan "Yosh ijodkorlar" to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi.
Ushbu mashg'ulotda fakultetning bir qator iste'dodli talabalari ishtirok etishdi. Jarayon davomida yosh ijodkorlarning badiiy ijod namunalari tahlil qilindi hamda hozirgi adabiy jarayon haqida fikr-mulohazalar bildirildi.