Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi va Badmintion federatsiyasining 2022-yilgi musobaqalar o’tkazish kalendar rejasiga asosan, erkaklar va ayollar o’rtasida badminton bo’yicha shaxsiy-jamoaviy “O’zbeksiton kubogi” bahslari bo’lib o’tmoqda.
Unda Jurat Kenjayev murabbiylik qilayotgan Urganch davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti badmintonchi talabalari faxrli 2-o’rinni egalladilar.
Ushbu ko’rsatkichning e’tiborga molik jihati shundaki, terma jamoamiz vohamiz badminton tarixida kattalar o’rtasida ilk bor shohsupaning ikkinchi pog’onasiga ko’tarilishga muvaffaq bo’lishdi.
Gʻalaba muborak boʻlsin!