Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish: O'zbek tili ta'lim yo'nalishining 3-bosqich talabasi Madiyorov Shixnazar Quvondiq o'g'li O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.n. Ro'zimboyev Sarvar Saparbayevich rahbarligida «“Oshiqnoma” turkum dostonlari lingvopoetikasi» mavzusida ilmiy-tadqiqot olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyrug'i bilan Navoiy nomli davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi. Madiyorov Shixnazarning keyingi faoliyatida ham zafarlar tilaymiz!