Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Qurbonova Saida Bekchanovna turk tilidan B2 darajadagi sertifikatni yuqori natijalar bilan qo'lga kiritdilar. Ushbu yutuq bilan Ustozimizni samimiy qutlaymiz va ilmiy-pedagogik ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.