Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 11-fevral kuni “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan ayni kunlarda “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” haftaligi doirasida Urganch davlat universitetida ham qator tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Xususan, bugun universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi boshchiligida 16 ta nominatsiya bo'yicha olima professor-oʻqituvchilar va 4 ta nominatsiya bo'yicha talaba-qizlar o'rtasida tanlov o'tkazildi. Tanlovni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Z.Ibragimov ochib berdi. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i Y.Jumaniyozova, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi patent bo'yicha muhandisi S.Bazarbayev, shu bo'lim bosh mutaxassisi D.Matniyozova, UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva, dotsent M.Boltayeva, viloyat "Olima" ayol uyushmasi raisi, dots. M.Iskandarovalardan iborat hakamlar hay'ati tomonidan kelib tushgan ilmiy ishlanmalar va loyihalarni ko'rib chiqildi. Tanlovda barcha fakultet olima ayollari va talaba-qizlari faol qatnashdi.
G'oliblar 11 -fevral-“Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” da e'lon qilinadi.