Bugun, 17-fevral kuni Urganch davlat universitetida «Biz giyohvandlikka qarshimiz» mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda UrDU birinchi prorektori S.Davletov, Xorazm viloyati Narkologiya dispanseri shifokori R.Rahimov, viloyat IIB HPB boshligʻi oʻrinbosari, kapitan S.Xudayberganova, profilaktika inspektori D.Safayev, universitet tibbiy punkti xodimi G.Xajiyeva, tyutorlar va universitet talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqan maʼruzachilar giyohvand moddalarni isteʼmol qilishning inson organizmiga zarari, narkotik savdosiga qarshi kurash, narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar va ularning huquqiy oqibatlari to‘g‘risida maʼlumotlar berishdi. Uchrashuv yakunida mavzuga oid videolavha namoyish etildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.