Yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, transport va piyodalar, jumladan, yoshlar ishtirokidagi YTHlarning oldini olish borasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish – inson umri uchun nihoyatda muhim masala sanaladi.
Bugun, 10-mart kuni Urganch davlat universiteti talaba-yoshlari ishtirokida Xorazm viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Yо‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan profilaktik tadbirdan koʻzlangan maqsad ham aynan yoshlar oʻrtasidagi turli YTHlarini barvaqt oldini olishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, ushbu tushuntirish targ‘ibot tadbirining mohiyati haqida talabalarga maʼlumot berdi.
Tadbirda yо‘l harakati qoidalarini talaba-yoshlarga tushuntirish va targ‘ib qilish maqsadida Xorazm viloyati IIB Yо‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, mayor S.Xolbayev va ushbu boshqarmaning Axborot xizmati rahbari, mayor M.Berdiyevlar soʻzga chiqdilar.
Bugungi kunda viloyatimizda YTHlarining soni ortib boryotganligi va bularning aksariyatida yoshlarning ishtiroki kuzatilayotganligi haqida hayotiy misollar bilan toʻxtalib, talabalarni yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga toʻliq rioya qilishga va ogohlikka chaqirdilar.
Profilaktik tadbir doirasida Yо‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtokarvon atrofida ham qizgʻin muloqot davom etdi.