Biz korrupsiyaga qarshimiz

Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens nazorat” bo'limi tomonidan Fizika-matematika fakultetining  221-224-matematika yo'nalishi talabalari bilan "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

Jahon hamjamiyati oldida korrupsiya davlatlar rivojlanishiga, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy yuksalishiga to'sqinlik qilayotgan salbiy illat sifatida paydo bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Korrupsiyani oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo'lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog'i rivojlanmaydi. Haqiqatdan ham, korrupsiyaviy jinoyatlar davlatning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi".

Bugungi kunda KQK "Komplayens-nazorat" bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiyani oldini olish maqsadida reja asosida talabalar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etilmoqda.