"O'ZBEKISTON-KOREYA XAMDO'STLIK KOʻRGAZMASI" TASHKIL ETILDI
Oldin xabar berganimizdek, Janubiy Koreya Respublikasining Dongshin universiteti rektori Dr. Lee Ju Hee oʻzining hamrohlari bilan universitetimizda mehmon boʻlib turibdi.
Bugun mehmonlarimiz uchun Koreya va Oʻzbekiston doʻstligiga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil etildi.
Koʻrgazmada iqtidorli talabalarimiz tomonidan tayyorlangan oʻzbek va koreys milliy hunarmandchilik buyumlari, rassomchilik namunalari, qoʻl ishlanmalari, xususan, turli xil zeb-ziynatlar namoyish etildi. Koʻrgazmada namoyish etilgan buyumlar mehmonlarimizning diqqat eʻtiborini tortdi, ayniqsa, oʻzbek milliy naqshlari aks etgan kulolchilik buyumlari ularga nihoyatda manzur boʻldi.