Maktab o'quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o'tkazildi

Bugun Urganch davlat universitetiga Xazorasp tumanidagi 40-sonli umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchilari tashrif buyurishdi. 

Tashrif mobaynida o'quvchilar universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, o'quv-laboratoriya xonalari, Axborot-resurs markazi,  talabalar turar joyi, “Kovorking markazi”,  sport inshootlarini borib koʻrdilar. 

O'quvchilarning oliy ta'lim tizimida tahsil olishga bo'lgan ishtiyoqlarini yanada oshirish maqsadida mavjud ta'lim yo'nalishlari, magistratura mutaxassisliklari to'g'risida to'liq ma'lumotlar berildi. Universitetda yaratilgan imkoniyatlar maktab o'quvchilarida katta taassurot qoldirdi.

urdu.uz, Maktab o'quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o'tkazildi