Avval xabaringiz berganimizdek, Xorazm viloyati 5-7 aprel kunlari "Universiada" sport musobaqalarining futbol boʻyicha Respublika final bosqichiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun “Yoshlik” sport majmuasida musobaqalarning ikkinchi kuni boʻlib oʻtdi. Sirdaryo va Namangan viloyatlari jamoalari oʻrtasidagi oʻyin durang natija bilan yakunlandi.
Xorazm va Surxondaryo o'rtasidagi o'yin esa 5:3 hisobida viloyatimiz jamoasi foydasi bilan yakunlandi.
Maʼlumot oʼrnida, 1-tur oʼyin natijalari:
Xorazm – Sirdaryo
1 : 0
Namangan – Surxondaryo
6 : 1
2-tur oʼyin natijalari:
Sirdaryo va Namangan
0 : 0
Xorazm va Surxondaryo
5 : 3
Ertaga, 7-aprel kuni yakuniy bahslarda Sirdaryo va Surxondaryo, Xorazm va Namangan jamoalari maydonga tushadilar.