Shu kunlarda Angliyaning Northampton universiteti professori DADA Adeboye Urganch RANCH texnologiya universitetida maʼruza mashg’ulotlarini o’tkazmoqda.
Kuni kecha professor DADA Adeboye Urganch davlat universiteti ham boʻldi. Iqtisodiyot fakulteti talabalariga “Tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish” kursi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotlarini o’tkazdi.
Maʼlumot oʻrnida, Urganch davlat universiteti va Angliyaning Northampton universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo’lib, kelishuvga koʻra talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvi yo’lga qo’yilishi belgilangan.