Bugun, 5-may kuni Urganch davlat universitetida o'tkazilayotgan ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Xodjaniyazov va Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyazovlar ochib berishdi. Anjumanning plenar yig‘ilishiga "Access" dasturi koordinatori F.Masharipova moderatorlik qildi. 

Anjumanda Amerika elchixonasi xodimi Xarris Lipskomb Zoom platformasi orqali hamda viloyatlardan kelgan koordinatorlar so‘zga chiqib, konferensiya ishiga rivoj tiladilar.

Samarqand "Access" dasturida faoliyat olib borayotgan Adriyenne Seo xonim "Sinf xonasida o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirish" mavzusida o‘zining metodik tavsiyalarini taqdimot qilgan bo'lsa,  "Loyihaga asoslangan ta’lim" mavzusida Adriane Seo o'zining mahorat darsini olib bordi.

Mutaxassislar Greys Kudlak va Alberto Navarro-Medinalar sho'balarga bo'lingan holda ma'ruzalar qilishdi.  

Anjuman o'z ishini kunning ikkinchi yarmida ham davom ettirmoqda.

urdu.uz, "Ingliz tili o‘qitishda ijodiy va tanqidiy fikrlash hamda o‘ziga ishonchni rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro konferensiya