Tashrifdan maqsad ikki universitet oʼrtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, geografiya, qishloq xo'jaligi, biologiya va ekologiya yo'nalishlari olimlari bilan hamkorlik o'rnatish hamda universitetlar o'rtasidagi akademik almashinuvni yoʼlga qoʼyishdan iborat.Tashrifning ilk kunida mehmonlar KRASS Agromaslahat markazida olib borilayotgan loyihalar shuningdek, “Tuproqshunoslik va agronomiya”, “Geografiya”, “Biologiya” hamda “Kimyo” kafedralarida mavjud laboratoriyalar bilan yaqindan tanishdilar.