Bugun, 10-may kuni UrDU Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha birinchi prorektori S.Davletov “Talaba-sport elchisi” loyihasi doirasida ishtirok etayotgan Jismoniy madaniyat fakultetining koʻngilli talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ushbu lohiyaning maqsadiga muvofiq, mahallalardagi yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular orasida sportni ommalashtirish, yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib sport turlariga ularni jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida soʻz yuritilib, talabalarning bu boradagi fikrlari tinglandi.



