Urganch davlat universiteti Filologiya fakultetida fan arboblari, taniqli olim, professorlar bilan hamkorlik aloqalari davom etmoqda
Joriy 19-aprel sanasida Qo'qon davlat pedagogika instituti professori Zeboxon Qobilova Filologiya fakulteti magistrlari va talabalariga "Jadid adabiyoti" fanidan dars jarayonlarini boshladi.
Dars avvalida fakulteti dekani D.G'ayipov fakultetning bugungi kundagi faoliyati, talaba-yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida to'xtalib o'tdi. Shuningdek, bu kabi hamkorlik aloqalari barcha talabalarda qiziqish uyg'otayotganligini alohida ta'kidladi.