Bir guruh xorijlik olimlar bilan rektor uchrashuvi

Joriy yilning 19-20 may kunlari Urganch davlat universitetida bo‘lib o‘tadigan «Kimyo va oziq-ovqat texnologiyalari sohalarini barqaror rivojlantirish maqsadida zamonaviy ilmiy-texnologik va ta’lim hamkorligi» mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun universitetimizga kelgan Sankt-Peterburg davlat texnologiya universiteti delegatsiyasi aʼzolari: Ta’lim-tarbiya va ijtimoiy masalalar bo‘yicha prorektor, kimyo fanlari doktori, professor Narayev Vyacheslav Nikolayevich, Injener-texnologik fakulteti dekani, texnika fanlari doktori Mazur Andrey Semenovich, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Denisenko Sergey NikolaYevich, “Mikrobiologik sintez texnologiyasi”  kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent Shamsyan Mark Markovich, shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasi Oldenburg universiteti professori Frank Roznerlar UrDU rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdilar. 

Uchrashuvda UrDU prorektorlari va ushbu xalqaro maqomdagi nufuzli anjumanni tashkilotchisi hisoblangan Kimyoviy texnologiya fakultetining ham bir guruh professor-oʼqituvchilari ishtirok etib, oʼtkazilayotgan konferensiyaning maqsadi va kutilayotgan natijalari, kimyo va oziq-ovqat texnologiyalari sohalarini yanada rivojlanishidagi hissasi haqida oʼzaro fikr almashdilar.

urdu.uz, Bir guruh xorijlik olimlar bilan rektor uchrashuvi

urdu.uz, Bir guruh xorijlik olimlar bilan rektor uchrashuvi

urdu.uz, Bir guruh xorijlik olimlar bilan rektor uchrashuvi

urdu.uz, Bir guruh xorijlik olimlar bilan rektor uchrashuvi