18-MAY  – XALQARO MUZEYLAR KUNI

  Sana munosabati bilan  Urganch davlat universiteti “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yoshlar bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir” mavzusida yoshlarning ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 
 Тадбир жараёнида Огаҳий ижод мактабининг ўқувчилари Усмон Носирнинг  қатағон этилиши мавзусида саҳна кўриниши ижро этдилар. Жадидлар ижодини ушбу мактаб ўқувчилари орасида кенг ўрганиш ва тарғиб этиш бўйича  музей ва мактаб маъмурияти ўртасида ҳамкорлик ўрнатилган.       Ko‘rgazmada Urganch, Xiva, Yangibozor, Gurlan, Qo‘shko‘pir tumanlari maktab o‘quvchilari, viloyat “Barkamol avlod”  markazi o‘quvchilari, Xorazm viloyati “SOS” bolalari, Urganch davlat universiteti Pedogogika, Xorijiy filologiya va Texnika fakulteti talabalari, TTAUF talabalari o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Ushbu koʻrgazma 500 dan ortiq kuzatuvchilarning eʼtiborini tortdi.

  Ko‘rgazmada ishtirok etgan barcha o‘quvchi va talabalar sertifikat va sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.