2023-yil 12-iyul kuni Urganch davlat universitetiga akademik Yongbin Ruan boshchiligida Xitoyning Sichuan (Sichuan University) universiteti olimlari tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Xitoy va Markaziy Osiyo universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan iborat.
Tashrif doirasida mehmonlarning UrDU rektori B.Abdullayev boshchiligida matematik olimlar va Matematika institutining Xorazm bo‘linmasi xodimlari ishtirokida rasmiy muloqoti boʼlib oʻtdi. Shuningdek, uchrashuvda AQShning Kaliforniya davlat universiteti professori, vatandoshimiz professor Zoir Ibragimov ham ishtirok etdi. Muloqot davomida mehmonlarga Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, moddiy texnik bazasi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida tushuntirildi. Urganch davlat universiteti Sichuan universiteti bilan hamkorlik qilishga har doim tayyor ekanligi bildirildi. Mazkur uchrashuvda Sichuan universiteti bilan matematika sohasida hamkorlik qilish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va professor-o‘qituvchilarni almashishga kelishib olindi.
Uchrashuvdan soʻng mehmonlar universitetda yangi qad roslagan, ayni paytda jihozlash ishlari amalga oshirilayotgan yangi oʻquv binoni borib koʻrdilar.