Urganch davlat universitetida yoshlarni sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, sportga keng jalb qilish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilayotgan “Talabalar ligasi” va “5 tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda.
Bugun, 15-sentabr kuni Texnika fakulteti talabalari ishtirokida basketbol boʻyicha musobaqalarning fakultet bosqichi oʻtkazildi.
Fakultetning 200 nafardan ortiq talabalarini qamrab olgan musobaqa jamoalar oʻrtasida qizgʻin bahslarga boy boʻldi.
Basketbol boʻyicha sport musobaqalarining fakultet bosqichi davom etadi.