“Talabalar ligasi” va “5 tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda.
Bugun, 16-sentabr kuni Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida shaxmat va stol tennis boʻyicha musobaqalarning fakultet bosqichi oʻtkazildi. Musobaqalar fakultetning 100 nafardan ortiq oʻgʻil-qizlarini qamrab oldi.
Sport musobaqalar reja-grafik asosida universitet Sport klubi hamda Sport va sanʼat fakulteti tomonidan tashkil etilmoqda.