Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligidagi rahbariyat joriy yilda talabalikka qabul qilingan Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Rektor ota-onalarni tabriklash barobarida ularning takliflarini eshitdi. Shuningdek, UrDU ichki tartib-qoidalari haqida gapirib, talabalarning taʼlim-tarbiyasida ota-onalar hamkorlikda ishlashga chaqirildi.
Rahbariyat ota-onalardan talabalarning oʻqishi, yurish-turishi, qiziqishlaridan boxabar boʻlishlari, nazorat qilishlarini soʻradi. Darslarga o‘z vaqtida qatnashib, berilgan vazifalarni bajarishi muhimligi va bunda ota-onalar ham befarq bo‘lmasliklari tushuntirildi.
Uchrashuv yakunida ota-onalar farzandlari tahsil olayotgan muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, fakultet o'quv xonalari va talabalar turar joyi bilan tanishtirildi.