Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning turkiyalik olim Abdurahmon Guzel bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Filologiya fanlari doktori, professor Abdurahmon Guzel Turkiya Respublikasi Boshkent universitetining Alisher Navoiy ilmiy-tadqiqot markazi rahbari, 70 dan ortiq ilmiy-tadqiqot asarlar muallifidir. Joriy yilning 13-sentabr sanasidan boshlab Oʻzbek filologiyasi fakultetida Turkiy xalqlar tasavvuf adabiyoti fanidan talabalarga maʼruza mashgʻulotlari olib bormoqda.
Muloqotda Urganch davlat universiteti hamda Boshkent universiteti oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, Urganch davlat universitetining yosh oʻqituvchi va tadqiqotchilarini Boshkent universitetida malaka oshirish masalalarini yoʻlga qoʻyish, Turkiy xalqlar tasavvuf adabiyotini oʻqitishda hamkorlik qilish, Zoom dasturi orqali turk tilini oʻqitish masalalari muhokama etilib, oʻzaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.