Turkiya delegatsiyasi UrDU da

Turkiya Respublikasidan turoperatorlar, olimlar va investorlardan tashkil topgan 40 nafardan ziyod infotur ishtirokchilari Xorazm viloyatining tarixi, madaniy yodgorliklari, qadimiy obidalari bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyatimizda boʻlib turishibdi.

Bugun, 28-sentabr kuni mazkur delegatsiya  aʼzolari Urganch davlat universiteti bilan yaqindan tanishish istagida oliygohimizga tashrif buyurishdi.

Dastlab delegatsiya aʼzolari bilan UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda universitet rahbar xodimlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda ikki qardosh mamlakatni oʻxshash til, anʼana va qadriyatlar, yagona din, azaliy doʻstlik va madaniy aloqalar bogʻlab turishi eʼtirof etildi.

Rektor B.Abdullayev Urganch davlat universitetining Turkiyaning koʻplab universitetlari bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari haqida maʼlumot berdi, universitetning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.

Alohida qayd etish joizki, mehmonlar universitetimizga katta qiziqishi bildirishdi. Delegatsiya tarkibidagi olimlar oʻzlari faoliyat yuritayotgan universitetlar, xususan, Turkiyaning Bozok universitetidan prof. Orhan Ermetin hamda Yalova universitetidan prof. Aksoy Kavalci taʼlim va ilmiy yoʻnalishlarda hamkorlik oʻrnatish taklifini berdilar. 

Shuningdek, uchrashuvda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti oʻqituvchisi M.Matniyozov tomonidan fakultet salohayati boʻyicha taqdimot qilindi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar bir-biriga esdalik sovgʻalar ulashdilar. Shundan soʻng, delegatsiya universitet boʼylab sayohatga qildilar.

urdu.uz, Turkiya delegatsiyasi UrDU da

urdu.uz, Turkiya delegatsiyasi UrDU da

urdu.uz, Turkiya delegatsiyasi UrDU da

urdu.uz, Turkiya delegatsiyasi UrDU da

urdu.uz, Turkiya delegatsiyasi UrDU da