Birinchi prorektor darsidan lavha

Bugun Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori D.Ibadullayev Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetining Buxgalteriya hisobi va audit yoʻnalishi 3-kurs talabalariga odatdagi maʼruza mashgʻulotlarini olib bordi. 

Maʼruza “Kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiy faoliyatini tashkil etish va boshqarish” mavzusida boʻldi. Mashgʻulot mobaynida talabalarga kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish hamda davlat, bank, soliq va moliya roʻyhatidan oʻtkazish, korxonalarga litsenziya berish tartiblari haqida  maʼlumotlar berildi.