Yaponiyaning Osaka shahrida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirning 100 kilogrammdan oshiq vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan UrDU Jismoniy madaniyat fakulteti 175-gurux talabasi dzyudochi Alisher Yusupov bronza medali uchun kechgan bellashuvda 2019 yili Germaniyaning Dyusseldorf shahrida hamda Braziliya davlatining Brazilia shaxrida o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turnirlari g‘olibi, yaponiyalik Daygo Kagavani mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, eng og‘ir vaznli dzyudochilar birinchiligida tatamiga chiqqan sportchimiz birinchi davrada Evropa chempioni, ko‘plab Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirlar g‘olibi va sovrindori rossiyalik Ruslan Shaxbazov, ikkinchi bosqichda avstriyalik Stefan Xegidan ustun kelgandi. Chorak finalda yaponiyalik Yusuke Kumashiroga yutqazgan dzyudochimiz o‘tish bahsida XXVIII-Osiyo o‘yinlari g‘olibi Kim Sang Minni mag‘lub etdi.
O‘z navbatida Alisher Yusupov musobaqaning bronza medali hamda Olimpiada o‘yinlari uchun 500 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi