Urganch davlat universitetining maktablar bilan hamkorligi doirasida joriy yil 27-oktabr kuni universitet rahbariyati va boshlangʻich tashkilot yetakchilari tomonidan Urganch shahrida joylashgan Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 96-sonli maktab-internat hamda 32-son maxsus maktab-internat oʻquvchilari oʻrtasida sportning Stol tennis hamda Mini-futbol turlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi.
Har ikkala maktab oʻquvchilari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olingan bahslarda gʻolib jamoalar Urganch davlat universiteti tomonidan esdalik sovgʻalar bilan munosib taqdirlandi.