Joriy yil 3–4-noyabr kunlari Buxoro viloyatida sportning voleybol, mini-futbol, yengil atletika, stritbol va stol tennis turlari bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika final bosqichi boʼlib oʼtdi.
Musobaqalarda universitetimiz jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli oʼrinlarni qoʼlga kiritdilar:
Mini-futbol boʻyicha faxrli 1-oʻrin;
Yengil atletika boʻyicha faxrli 2-oʻrin;
Stol tennis boʻyicha faxrli 2-oʻrin (oʻgʻil bolalar oʻrtasida).
Bugun erta tongda Urganch vokzalida universitet rahbariyati hamda Sport va sanʼat fakulteti professor-oʼqituvchilari qahramonlarimizni tantanali kutib olishdi.