Sport va san’at fakultetida uzoq yillar davomida talabalarga saboq berayotgan faxriy ustozimiz, “O’zbekiston sport faxriysi” ko’krak nishoni sohibi Xusan Meyliyev bilan Sport va san’at fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda X.Meyliyev o’zining sport sohasidagi faoliyati va erishgan yutuqlari haqida talabalar bilan suhbatlashdi. “Sport – sogʻlik garovi” mavzusida gapirib, talabalar bilan o’zining sport sohasidagi bilimlarini oʻrtoqlashdi va hamisha sogʻlom turmush tarziga rioya qilishlarini tavsiya qildi.