Shandong Fanlar akademiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Ayni kunlarda Xorazm viloyati rasmiy delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida boʻlib turgan  Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning bugun, 30-noyabr sanasida Shandong Fanlar akademiyasi (Qilu texnologiya universiteti) direktor oʻrinbosari, professor Zhan Dong bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Muloqotda tomonlar bir-birlariga oliygohlarning bugungi kundagi faoliyat haqida maʼlumot taqdim etdilar. Soʼngra, universitetlar o‘rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha muzokaralar olib borildi. Jumladan, sho'r-ishqorli yer va cho'lda aqlli qishloq xo'jaligi zonasi namoyish qilish bo’yicha hamkorlik takliflari bildirildi.

Uchrashuv natijasida, Shandong Fanlar akademiyasi (Qilu texnologiya universiteti) va Urganch davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.