Joriy yilning 1-dekabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Sh.Azadova o'zga tilli guruhlarda rus tili ta'lim yo'nalishi 211-guruh talabalariga "Rus adabiyoti tarixi" fanidan ochiq amaliy mashg'uloti o'tkazdi.
Mashg'ulot "Сатирическая направленность повестей М.Булгакова «Собачье сердце», «Роковые яйца»" mavzusida bo'lib o'tdi. Mashg'ulot jarayonida barcha obrazlarga ta'rif berilib, yozuvchining hayoti va ijodi haqida qiziqarli faktlar aytildi va turli xil pedogogik texnologiyalar orqali mustahkamlandi
Darsda kuzatuvchi sifatida Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Rajabova N.A. ishtirok etdi va dars samaradorligi to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.