2023-yil 7-dekabr sanasida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi nosabati bilan Xorazm viloyati musiqali drama teatrida “Gumroh” nomli spektakl sahnalashtirildi. Ushbu spektaklda insonlarning huquq va erkinliklari, burchlari, vatanni ulug`lash kabi g`oyalar ilgari surildi. Urganch davlat universiteti homiyligida fakultetimiz professor-o`qituvchilari bayram munosabati bilan ushbu spektakl namoishiga tashrif buyurib manaviy hordiq chiqardilar. Bundan tashqari Urganch davlat universiteti O`zbek filologiyasi fakulteti o`zga tilli gu guruhlarda rus tili ta`li yo`nalishi 212-guruh talabasi A. Zufarbekning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag`ishlab tayyorlangan video roligi fakultet saytiga joylandi.Bayram munosabati bilan tadbirlar davom etmoqda.