Bugun 23-noyabr kuni soat 14:00da 321-xonada "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi Saodatjon Gulimmetova 206-o'zbek tili guruhi talabalari bilan "Hozirgi adabiy jarayon" fanidan "Hozirgi qissalarda ayol obrazi. Qissalarda milliy an’ana talqini. Qissada ota timsoli” mavzusida ochiq amaliy mashg'ulot o'tkazdi. Ushbu mashg'ulotda "Qo'lni qo'lga berib"
"Yershonimlar"
"Qisqa savol-javoblar"
"Matn ustida ishlash" metodlaridan foydalanildi. Darsda barcha talabalar faol qatnashdilar. Ochiq amaliy mashg'ulotda kuzatuvchi sifatida "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi dotsentlari M.Pirnazarova, S.Kurbanova, B.Rahimova, N.Djumaniyazova, Z.Saidjanovalar ishtirok etdilar.