Filologiya fakultetida 193-guruh talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Unda fakultet yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, dots.v/b.R.Yu.Xudoyberganov va mazkur guruh murabbiyi D.Abdullaevalar ishtirok etib, talabalrning o‘qishlari, yaratilayotgan sharoitlar, TTJ, ijara, tartib-intizom masalalari yuzasidan to‘xtalib o‘tishdi. Yig‘ilishda ota-onalar farzandlarining o‘qishlari va ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr bildirib, bu borada juda mamnun ekanliklarini aytishdi va shunday uchrashuvlarni tez-tez tashkil etishni so‘rashdi.