Urganch davlat universiteti asosiy binosining fayesida Xotin-qizlar kengashi va "Qizlarjon" klubi tashabbusi bilan "Milliy qadriyatlarimizni e'zozlaymiz", "Mening eng suyukli do'stim", "Otam-g'ururim", "Mehribonim onam" mavzularida rasmlar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Unda universitetning ijodkor talabalari o'zlarining tasviriy san'at asarlari bilan ishtirok etib, ijod namunalarini taqdimot qilishdi.
Ko'rgazmada 235-biologiya yo'nalishi talabasi Yusupboyeva Azizaning "Mehribonim onam" mavzusida chizgan rasmlari yuqori baholandi.