Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri S.Sadullaev so‘zga chiqib, kafedra dotsenti K.Durdiyevga Uzum navlari va ularni zonalar bo`yicha joylashtirishni zamonaviy pedogogik usulda o`qitish mavzusidagi ma’ruzasini boshlash uchun so’z berdi. Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida Respublikamizdagi oliy o’quv yurtlari talabalarining mazkur mavzu bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish, individual va guruhlarda sohadagi muammolarning yechimini tahlil qilish va qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish, muammolarni yechishda bir necha maqbul yechimlarni topish hamda yaratilgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish malakasini shakllantirishdan iboratligini gapirdi. Xo`jalik uchun qimmatli belgi xususiyatlari nisbatan barqaror, irsiy jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan klonlarning vegetativ yo`l bilan ko`paytirib hosil qilingan nasli uzum navi deb ataladi. Klon – bitta o`simlikni vegetativ yo`l bilan ko`paytirib olingan o`simliklar yig`indisidir. Klon o`simliklari nisbatan bir hil bo`ladi. Ammo ular biror darajada irsiy jihatdan o`zgaradi va klonlar aralashmasi bo`lib qoladi. Shunday qilib, uzum navi irsiy jihatdan yaqin klonlar aralashmasidan iborat bo`ladi. Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinki ruhda o’tdi.