Bugun Urganch davlat universitetida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan boshlab yuborildi.
Oliygoh hududida belgilangan reja asosida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hasharda universitet jamoasi, professor-o’qituvchilari hamda koʻngilli talaba-yoshlar faol ishtirok etmoqda. Barcha daraxtlar oqlanmoqda, daraxtlarga shakl berilib, hudud atrofi begona o'tlardan tozalanmoqda.
Ushbu xayrli tadbirda Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti jamoasi alohida tashabbus bilan chiqib, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish va hududni tozalash ishlariga o’zlarining hissasini qo’shishmoqda.
Jarayonlar davom etadi...