10 dekabr O'zbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilingan kun. Ushbu kun munosabati bilan Talabalar turar joyining Axborot resurs markazi zalida "Vatanim madhiyasi faxrim-g'ururim" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda 4-son Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi J.Raximov madhiyaning qabul qilinish tarixi , madhiya xar bir fuqaroning g'urur iftihori ekanligi xususida gapirdi. Tadbirda tarbiyachi pedagog Z.Yakubova va 2-4 son talabalari qatnashdi.