Joriy 29-mart kuni O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi G.Kutlimuratova tomonidan o'zga tilli guruhlarda rus tili ta'lim yo'nalishi 213-guruh talabalariga "Mamlakatshunoslik" fanidan ochiq amaliy mashg'ulot o'tkazildi. Mashg'ulot "Особенности русской культуры XVII века" mavzusida bo'lib o'tdi. Mashg'ulot davomida Rus xalqining madaniyati va an'analari haqida ma'lumotlar berildi. Dars mavzusi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali mustahkamlandi.
Darsda kuzatuvchi sifatida Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari Z.Ruzmetova, O'.Qalandarov ishtirok qilishdi.