Bugun, 4-aprel kuni O'zbek filologiyasi fakulteti “O'zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri A.Primov raisligida ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy seminar bo’lib o’tdi.
Unda kafedra professor-oʻqituvchilari, doktorant va magistrlar ishtirok etdi. Seminar yig’ilishida kafedra doktoranti M.Atabayevaning “Amaliy san’at leksikasida kashtachilik terminlarining tutgan o’rni”, o’qituvchi N.Sa’dullayevaning “Xorazm shevalarining o’ziga xos lisoniy qirralari haqida” mavzularida ilmiy-nazariy maʼruzasi, shuningdek, dots. Sh.Alimovaning “Xorijliklarga o’zbek tili o’qitishning ahamiyati” hamda magistrant D.Rajabovning “O’zlashmalarning yasalishi” mavzularida ilmiy-uslubiy ma’ruzasi tinglandi.
Seminar yig’ilishida kafedra professor-o'qituvchilari va tadqiqotchilar faol qatnashib, ilmiy mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishdi.
Kafedraning ilmiy-uslubiy seminarlari har haftaning Payshanba kunlari davom etadi.