Bugun, 30-mart kuni, UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi M.Otamuratova tomonidan o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 212-guruh talabalariga "Yangi o'zbek adabiyoti" fanidan "Mirtemir va Zulfiya she'riyati" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Dars davomida "To'g'ri-noto'g'ri", "Puzzle", "Blits-so'rov", "Tezkor savol-javob" kabi metodlardan foydalanildi. Mashg'ulot jarayonida Mirtemir va Zulfiya she'rlaridan namunalar aytildi va tahlil qilindi.