Xorazm MTRKning

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi X.Boymuratova hamda fakultetning iqtidorli talabalari A.Ibragimov, D.Raximberganova, T.Quryazovalar Xorazm MTRKning "Assalom, Xorazm" dasturida 21-oktabr — O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan jonli efirda chiqish qildilar.

Dastur davomida o'zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, turkiy tilda yozilgan ilk manbalar, tilimizning bugungi kundagi sofligi masalasi, til – millat qiyofasining bir bo'lagi ekanligi borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Talabalar tomonidan milliy tilimizni madh etuvchi she'rlar aytilib, ona-tilimizni asrab-avaylash, uning go'zal va sofligini saqlab, nufuzini yanada oshirish lozimligi alohida ta'kidlab o'tildi.