2024-yil 23-aprel soat 09:00da 338-xonada Yangibayeva Nodira Safarbayevnaning 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti ixtisosligida “Shukur Xolmirzayev asarlarining ijodiy biografiyasini o'rganish muammolari(Shaxsiy arxividagi qo'lyozma va nashr variantlari asosida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasining muhokamasi bo'lib o'tdi. Dissertatsiya muhokamasida dots. S.Kurbanova, dots.H.G'ayipova taqrizchi sifatida belgilangan bo'lib, muhokama jarayonida taqrizlar o'qib eshittirildi. Dissertatsiya muhokamasida kafedraning barcha professor-o'qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar va tayanch doktarantlar ishtirok etdilar.