UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.d. D.Yuldashev tomonidan Amaliy filologiya yo'nalishi 221-guruh talabalariga "Hozirgi o'zbek adabiy tili" fanidan ochiq ma'ruza mashg'uloti o'tkazildi.
Mashg'ulot "Frazemaning ifoda va mazmun plani" mavzusida tashkil qilindi. Ma'ruza davomida iboralarning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berildi. Frazeologik birliklarning ifoda va mazmun plani ilmiy misollar orqali tushuntirildi.
Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari G.Ro'zimova va N.Yodgorovalar ishtirok etdi.