UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti H.Norimov tomonidan "Hozirgi o'zbek adabiy tili" fanidan ochiq amaliy mashg'ulot o'tkazildi.
Mashg'ulot "Tinish belgilarining boshqa fanlar bilan aloqasi" mavzusida tashkil qilindi. Mashg'ulot avvalida mavzuga oid atamalar bo'yicha savol berildi. Mavzu turli xil topshiriqlar va pedagogik texnologiyalar orqali mustahkamlandi.
Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi S.Yangiboyeva ishtirok etdi.