UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Sh.X.Norbayeva, o'qituvchi M.R.Atabayeva va D.A.Sultonovalar joriy o'quv yili davomida o'tkazilishi belgilangan tadbirlar rejasi doirasida 5-sonli TTJga tashrif buyurib, talabalar bilan davra suhbati tashkil qildilar.
Uchrashuv O'zbekiston xalq shoiri, elimizning sevimli farzandi Muhammad Yusuf tavallud kuni munosabati bilan "Muhammad Yusuf ijodiy faoliyati" mavzusida o'tkazildi. Suhbat davomida Muhammad Yusufning hayoti va ijodiy faoliyati, she'rlarining jozibali va ko'ngillarga yaqin ekanligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar tomonidan shoir she'rlaridan namunalar o'qildi.